Nazariya
Uydan onlayn yoki kechqurun sinfda — oʻzingizga qulay tarzda. 40 ta YHQ darsi, birinchi tibbiy yordam va avtomobil tuzilishi. Biletlarni mobil ilovada yechasiz, oʻqituvchi xatolarni tahlil qiladi.
ABDURASHID/ AVTO SCHOOL
// 01 — 2,4 gektarlik shaxsiy avtodromiga ega zamonaviy avtomaktab
Nazariya 2,5 oy toʻliq oʻqish yakunigacha qulay sinfda (interaktiv doska bilan) yoki onlayn. 20 soat amaliy haydash shaxsiy 2.4 gektarli avtodromimizda (amaliyot 1,5 oydan soʻng tonggi 06:00 dan 17:00 gacha). Boshlangʻich toʻlov 1 500 000 soʻm, qolgani foizsiz boʻlib toʻlanadi. 100% toʻlovda yoki doʻstingiz bilan kelganingizda 5% chegirma!
// 02 — Ta'lim marshruti
Uydan onlayn yoki kechqurun sinfda — oʻzingizga qulay tarzda. 40 ta YHQ darsi, birinchi tibbiy yordam va avtomobil tuzilishi. Biletlarni mobil ilovada yechasiz, oʻqituvchi xatolarni tahlil qiladi.
Joydan qoʻzgʻalish, ilonizi, 3 bosqichda qayrilib olish, estakada, parallel parkovka — YHXX imtihon maydonidagi barcha mashqlar. Maydonchani mustaqil oʻzlashtirmaguncha shaharga chiqilmaydi.
Svetoforlar, piyodalar oʻtish joylari, qatorni almashtirish va tirband oqimda harakatlanish. Shaharning barcha 7 ta imtihon marshrutlari boʻyicha amaliyot oʻtiladi, tirband paytlarda ham.
Avval oʻzimizda: biletlar, maydoncha va shahar YHXX reglamenti asosida. Soʻngra davlat imtihoni — maktab mashinasida va sizga dars bergan instruktoringiz bilan birga.
20 soat avtodromda amaliyot, 2,5 oy toʻliq nazariya, 2 ta imtihon. Bitiruvchilarimizning 98 foizi birinchi urinishda muvaffaqiyatli topshiradi.
Yozilish// 03 — Toifalar va narxlar
⇆ Mashinani suring yoki qator ustiga bosing
Jami narx:6 000 000 soʻmBoshlangʻich toʻlov 1 500 000 soʻm · foizsiz boʻlib toʻlash
B toifasiga yozilish// 04 — Ta'lim qanday tashkil etiladi
Pasport nusxasi (manzil bilan), 083-tibbiy maʼlumotnoma (medspravka), 3 dona 3x4 foto rasm. B toifaga 18 yoshga toʻlgan boʻlishi kerak. Boshlangʻich toʻlov 1 500 000 soʻm (yoki 100% toʻlovda 5% chegirma).
Nazariya darslari butun 2,5 oy oʻqish yakunigacha haftada 3 kun (Dush-Chor-Jum yoki Sesh-Pay-Shan) soat 09:00 dan 21:00 gacha zamonaviy sinfda interaktiv doska yoki onlayn darsliklar orqali oʻtiladi.
1,5 oylik nazariyadan soʻng boshlanadi va 2,4 gektarli shaxsiy avtodromimizda 20 soat amaliy dars tonggi 06:00 dan 17:00 gacha sizga qulay vaqtda qoʻyib beriladi.
Biletlar, avtodrom va shahar bosqichlari YHXX qoidalari asosida. Oʻtolmasangiz — qayta topshirish mutlaqo bepul.
Imtihonga navbatga qoʻyamiz, maktabimiz avtomobilini olib boramiz, instruktoringiz guvohnoma olguncha siz bilan birga boʻladi.
CHEVROLET COBALT
// 05 — Filiallarimiz lokatsiyasi
Barcha filiallarda dushanbadan shanbagacha soat 09:00 dan 21:00 gacha qabul va mashgʻulotlar oʻtkaziladi (Yakshanba — dam olish kuni). Amaliy darslar esa 06:00 dan 17:00 gacha oʻzingizga qulay vaqtga qoʻyib beriladi.
Faol filial: 1-Filial · Olmazor
Toshkent sh., Olmazor tumani, ToshPI dahasi, 1-uy
Dushanba–Shanba: 09:00–21:00 · Amaliyot: 06:00–17:00
// 06 — Qabul va talablar
Doimiy yoki vaqtincha yashash manzili (propiska) bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi.
Avtotransport vositasini boshqarishga sogʻligi boʻyicha yaroqliligi haqida tibbiy xulosa.
3 dona sifatli rangli fotosurat (shaxsiy yigʻmajild va YHXX bazasiga roʻyxatga olish uchun).
B toifasiga oʻqish uchun kamida 18 yoshga toʻlgan boʻlishi kerak.
// QONUNIY KAFOLAT VA DAVLAT AKKREDITATSIYASI
"ABDURASHID AVTO SCHOOL" MCHJ Oʻzbekiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati (IIV JXD YHXX) tomonidan berilgan muddatsiz davlat litsenziyasi asosida qonuniy taʼlim xizmatlarini koʻrsatadi.
Ha! Avtomaktabimiz Oʻzbekiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati (IIV JXD YHXX) tomonidan berilgan rasmiy № 1122205 (reestr tartib raqami: L-44092688, STIR: 312112881) sonli davlat litsenziyasi asosida qonuniy faoliyat yuritadi. Amal qilish muddati: cheksiz (muddatsiz). Barcha oʻquvchilar YHXX bazasiga rasmiy roʻyxatga olinadi va yakunda davlat namunasidagi qonuniy haydovchilik guvohnomasiga ega boʻladilar.
B toifasi — 2,5–3 oy: 6 hafta nazariya va 3-haftadan boshlanadigan amaliy haydash. A toifasi — 1,5–2 oy, BE tirkama — taxminan 1 oy.
Nazariyani toʻliq onlayn oʻrganish mumkin. Amaliy haydash, ichki imtihon va YHXX imtihoni esa faqat amaliy: shaxsiy avtodromimizda va shahar koʻchalarida oʻtiladi.
B toifaga oʻqish uchun 18 yoshga toʻlgan boʻlishi kerak. Kerakli hujjatlar: Pasport nusxasi manzili (propiskasi) bilan, 083-shaklidagi tibbiy maʼlumotnoma (medspravka) va 3 dona 3x4 foto rasm.
Toʻlov summasi 4 ta teng qismga boʻlinadi, birinchi toʻlov shartnoma tuzilganda toʻlanadi. Bank, foiz va daromad maʼlumotnomalarisiz.
Ha, istalgan paytda sabab koʻrsatmasdan kuratoringizga murojaat qilsangiz kifoya. Oʻtilgan dars soatlari toʻliq saqlanib qoladi.
Har kuni 7:00 dan 22:00 gacha, dam olish kunlarida ham. Dars vaqtini ilova orqali qulay qilib tanlaysiz, darsni 12 soat oldin jarimasiz qoldirish mumkin.
Hujjatlarni filiallarimizdan biriga olib kelishingiz yoki shartnoma tuzish jarayonida topshirishingiz mumkin. Tibbiy maʼlumotnoma va davlat boji taʼlim narxiga kiritilmagan.
// 07 — Maxsus chegirmalar tizimi
"ABDURASHID AVTO SCHOOL" oʻquvchilari uchun umumiy toʻlov summasidan 5% chegirma (6 000 000 soʻm oʻrniga 5 700 000 soʻm, yaʼni 300 000 soʻm tejash) olishning rasmiy imkoniyatlari:
Birdaniga 100% toʻlovni toʻlagan oʻquvchiga umumiy shartnoma summasidan 5% chegirma beriladi.
Doʻsti yoki yaqini bilan birgalikda oʻqish uchun hujjat topshirgan oʻquvchilarga ham 5% chegirma taqdim etiladi.
Rasmiy Telegram botimizda 20 talik testdan 100% natija koʻrsatgan oʻquvchiga 5% chegirma uchun vaucher beriladi. U vaucher bilan avtomaktabga tashrif buyursangiz chegirma asosida oʻqishingiz mumkin!
// 08 — Ariza qoldirish
Telefon raqamingizni qoldiring — kuratorimiz 15 daqiqa ichida qoʻngʻiroq qilib, sizga mos guruh va birinchi amaliyot vaqtini tanlab beradi.
Saytdan kelib tushgan soʻnggi arizalar roʻyxati
| Vaqt | Ism | Telefon | Toifa / Narx | Nazariya | Bonus |
|---|
ToshPI dahasi, 1, Olmazor tumani, Toshkent